Yetkazib berish
Toshkent bo‘ylab kuryer yetkazadi, viloyatlarga BTS orqali jo‘natamiz.
Toshkent
- Kim yetkazadi
- BRIGADA kuryeri
- Muddat
- 1–2 kun
- Narxi
- 25 000 so‘m
- Bepul yetkazish
- 1 000 000 so‘mlik buyurtmadan
Viloyatlar
- Kim yetkazadi
- BTS
- Muddat
- 1–5 kun
- Narxi
- 25 000 so‘mdan
BRIGADA yetkazish haqi olmaydi. BTS xizmati 25 000 so‘mdan — pochta bo‘limida to‘lanadi. Rasmiylashtirishda BTS filiali yoki qabul qilish manzilini ko‘rsatasiz.
Muddat qanday hisoblanadi
Muddat buyurtma tasdiqlangan kundan boshlanadi. Dam olish va bayram kunlari, uzoq hududlarda muddat uzayishi mumkin. Aniq narx va taxminiy muddat buyurtmani tasdiqlashdan oldin ko‘rsatiladi.
Buyurtma holati Profil → Buyurtmalarim bo‘limida ko‘rinadi.
Qaytarish
Sifatli mahsulotni buyurtma yetkazilgan kundan boshlab 10 kun ichida almashtirish yoki qaytarish mumkin, agar:
- mahsulot ishlatilmagan, yuvilmagan va shikastlanmagan;
- yorliq va birkalari, imkon qadar qadog‘i ham saqlangan;
- xarid cheki yoki buyurtma raqami bor.
Sifatli ichki kiyim, paypoq va qo‘lqoplar qonunga ko‘ra qaytarilmaydi va almashtirilmaydi. Nuqsonli yoki buyurtmaga mos kelmagan mahsulotga bu cheklov tegishli emas.