Qaytarish
Buyurtma yetkazilgan kundan boshlab 10 kun ichida mahsulotni boshqa o‘lcham yoki rangga almashtirish yoki pulni qaytarish so‘rovini saytda yuborasiz.
Almashtirish
- O‘sha mahsulotning boshqa o‘lchami yoki rangiga almashtiramiz — sabab «O‘lcham mos kelmadi» yoki «Rasmdagidan farq qiladi» bo‘lsa.
- Yangi variant sotuvda bo‘lishi va hozirgi narxi sizdagi variantniki bilan bir xil bo‘lishi kerak. Qo‘shimcha to‘lov ham, qaytim ham yo‘q.
- Mos variant bo‘lmasa yoki tugab qolsa — pulni qaytaramiz.
- Yangi mahsulot eskisi bizga yetib kelgach kuryer, BTS orqali yoki do‘konda beriladi.
So‘rov qanday yuboriladi
- Profil → Buyurtmalarim bo‘limida yetkazilgan buyurtmaning «Batafsil» tugmasini bosing, buyurtma sahifasida — «Qaytarish yoki almashtirish». Tugma yetkazilgan kundan boshlab 10 kun ko‘rinadi, yonida necha kun qolgani yoziladi.
- Mahsulot va sonini, sababni tanlang. Nuqsonli mahsulot uchun nuqson ko‘rinadigan rasm yuklang (1–5 ta), boshqa sabablarda rasm ixtiyoriy.
- O‘lcham yoki rang sababida «Nima qilamiz?» degan joyda almashtirishni (yangi o‘lcham yoki rangni tanlaysiz) yoki pulni qaytarishni tanlang va «So‘rov yuborish»ni bosing.
- BRIGADA so‘rovni ko‘rib chiqadi va telefon yoki Telegram orqali bog‘lanib, mahsulotni qanday topshirishni kelishadi.
- Mahsulot bizga yetib kelgach, yangi variant yuboriladi yoki pul qaytariladi.
So‘rov holati buyurtma sahifasida so‘zlar bilan ko‘rinadi: «So‘rov ko‘rib chiqilmoqda», «Almashtirish tasdiqlandi» yoki «Qaytarish tasdiqlandi», «Mahsulot qabul qilindi», so‘ng «Yangi mahsulot yuborildi» yoki «Pul qaytarildi». Rad etilsa, sababi ham shu yerda yoziladi.
Pul qanday qaytariladi
- Boshqacha kelishilmagan bo‘lsa, pul to‘lov qilingan usulda qaytariladi: naqd to‘lagan bo‘lsangiz — naqd (kuryer orqali), kartaga o‘tkazgan bo‘lsangiz — kartangizga o‘tkazma.
- Karta raqamini saytga yozmaysiz: xodimimiz siz bilan bog‘lanib aniqlaydi.
- Qaytarish sababi bizning xatomiz bo‘lsa (nuqson, boshqa mahsulot yoki o‘lcham kelgan), asosli yetkazish xarajatini biz qoplaymiz. O‘lcham mos kelmasa yoki fikringiz o‘zgarsa, qaytarib yuborish xarajati sizdan (Ommaviy oferta, 10.6–10.7).
Qaytarish so‘rovlaringiz
Savol bo‘lsa, buyurtma raqami bilan @brigadaseller ga yozing yoki +998 77 011 78 68 ga qo‘ng‘iroq qiling, har kuni 09:00–21:00.